Kali — Kolumbiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Valya-del-Kauka departamentining maʼmuriy markazi. Fapbiy Kordilyera togʻlarida, 1100 m balandlikda joylashgan. Aholisi 1,7 mln. kishi (1995). Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kauka vodiysidagi rivojlangan qishloq xoʻjaligi rayonining muhim iqtisodiy markazi. Oziq-ovqat, rezina-texnika, toʻqimachilik, poyabzal, tikuvchilik, sement, elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud. Velosipedlar ishlab chiqariladi. K. yaqinidan koʻmir qazib olinadi. 2 universitet, muzey bor. K.ga 1536 yilda asos solingan. 16—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil