Girsutizm
Girsutizm (lot. hirsutus – junli) – ayollarda soqol-moʻylov oʻsishi, badanini erkaklarnikiga oʻxshab jun bosishi. Asosan androgenlarning qonga koʻp chiqarilishi yoki unga nisbatan toʻqimalarning oʻta sezgirligi natijasida vujudga keladi. Buyrak usti bezlarining pust qavati, gipofizniyag oldingi boʻlagi zararlanganda, tuxumdon oʻsmasida, klimaks bilan bogʻliq buzilishlarda, shuningdek, bosh miyaning ayrim yalligʻlanishlari, teri kasalliklari va hokazoda kuzatiladi. Somom ayollarda (ularning gavda tuzilishlariga bogʻliq holda), baʼzi qizlarda (balogʻatga yetish davrida) ham uchraydi. G. baʼzan irsiy boʻlib, bir oilaning qiz-ayollarida kuzatiladi. G.ning tovush, skelet va muskullarning xuddi erkaklarnikiga oʻxshab ketishi bilan birga kechishi virshizmga xos. Davo asosan kasallikka sabab boʻlgan omilni bartaraf etishdan iborat.
Bunga androgen gormonlari darajasining oshishi sabab boʻlishi mumkin. Soch miqdori va joylashuvi Ferriman-Gallwey bali bilan oʻlchanadi. Bu gipertrikozdan farq qiladi, yaʼni tananing har qanday joyida ortiqcha soch oʻsishi mumkin boʻladi.
Muolajalar tarkibida estrogen va progestin, antiandrogenlar yoki insulin sensibilizatorlarini oʻz ichiga olgan tugʻilishni nazorat qilish tabletkalari boʻlishi mumkin.
Girsutizm barcha etnik guruhlardagi ayollarning 5-15 foiziga taʼsir qiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |