Anabolizm (yun. anabole — koʻtarilish) — hujayralar va toʻqimalar tarkibiy qismlarining hosil boʻlishi va yangilanishida tirik organizmlarda kechadigan barcha kimyoviy jarayonlar majmui. A.ning aksi boʻlgan katabo-lizmda esa birmuncha oddiy moddalardan murakkab moddalar sintezlanib, ener-giya jamgariladi. Biosintez uchun zarur boʻlgan energiya (asosan ATF shaklida) biologik oksidlanish katabolitik re-aksiyalarida yetkazib beriladi. A. orga-nizmlarning oʻsish davrida (hayvonlarda yoshlik davrida, oʻsimliklarda — umr boʻyi) jadal kechadi. Fotosintez plane-tar ahamiyatga ega boʻlgan eng muhim A. jarayoni hisoblanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil