Aks ettirish — matematik tushunchalaridan biri. Ikki ixtiyoriy X va Y toʻplam hamda biror qonun (qoida) berilgan boʻlib, bu qonunga binoan X ning har bir x elementiga Y ning aniq bir u elementi mos qoʻyiladi. Bu holda X toʻplam Y toʻplamga aks ettirilgan dey-ilib, quyidagicha belgilanadi: f:x->y yoki X da aniqlangan va qiymatlari sohasi U boʻlgan u — f(x) operator berilgan deyiladi. Moslik oʻrnatiladigan qonun analitik, grafik, jadval va hokazo tarzida berilishi mumkin[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil