Oltin (mineral)
Oltin, tugʻma sof oltin — tugʻma elementlar guruhiga mansub mineral. O. tabiatda koʻpincha erkin hodda uchraydi, tabiiy birikmalari juda oz, ulardan eng muximi kalaverit (AiTe2). Kristallari kub singoniyali, koordinatsion strukturali, asosan, kichik oʻlchovli (0—1,0 mm) kristallari uchraydi, baʼzan 3 sm gacha boʻlgan kristallari ham bor. Konlarda, asosan, 0,01—4,0 mm zarrachali O. boʻladi, kattaroq toʻplamlari (1—5 g va undan koʻp) ham uchratiladi. Jahonda topilgan eng katta O. toʻplamlari maʼlum: "Xolterman plitasi" deb nom berilgani (93,3 kg) Avstraliyada, "Katta uchburchak" (36,04 kg) va "Tiyelgin" (14 kg) Rossiyada va boshqa Asosan, O. mayda zarralar holida kvarsga va baʼzan, har xil sulfidli rudalarga, O. zarralari esa koʻpincha qumga aralashgan boʻladi. Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya (Ural, Sibir), Afrika, Avstraliya, AQSH (Kaliforniya), Kanadada O. konlari bor. Gʻarbiy Oʻzbekistonda O. makkajoʻxori doni va popugida (2—4 g/t) va Qizilqumda shuvoq oʻsimligida borligi aniklangan.
O.ning sofligi (probasi) oʻzgaruvchan boʻlib, koʻpincha uchraydiganlari quyidagi qatorni: 930—900, 820—780, 650—600 ni tashkil etadi, juda kam uchraydigan probasi 550. Odatda, O.ning tarkibida Ag, Cu, Fe, Mn, Pb, kam miqdorda Bi, Sb, Hg, Te, Se, Pt, In va boshqa qoʻshimchalar boʻladi. O.ning zichligi gʻovakligiga bogʻliq boʻlib, 15600 kg/m3 dan 19200 kg/m3 gacha oʻzgaradi, qat-tiqligi 2—3. Tarkibidagi Hg aralashmasi O.ni yumshatsa, Pt, Sn, Si qoʻshimchalari qattiqligini oshiradi.
O. tabiatda keng tarqalgan boʻlib, otqindi, effuziv, metamorfik, choʻkindi togʻ jinslarida uchratiladi va oltin rudalari konlarini gidrotermal jarayonlar natijasida paydo boʻlishida ishtirok etadi. O.ning suvda eruv-chan birikmalari (xloridlari, gidro-sulfidlari va boshqalar) Yer poʻstining pastki gorizontlari yoki yuqori man-tiyadan gidrotermalar bilan olib chiqilib, kvars tomirlarining avval shakllangan yoriqlarida Fe, Cu, Pb, Zn, Bi, As, Sb, Ag sulfidlari va shu elementlarning telluridlari bilan birgalikda kristallanadi. Mis kolchedani va qoʻrgʻoshin-rux sulfid konlari shakllanishida O. ishtirok etib, ularning orasida yupqa dispersli donachalar hosil qiladi. Xuddi shu tarzda magma-tik genezisli mis-nikelli sulfid rudalarda ham O.ning qoʻshimchalari paydo boʻladi. Gipergenez zonalarda O. qisman qayta choʻkib, sulfid ruda tanalarini yuqori qismini qoʻshimcha boyitadi. Ruda tanalarining keyinchalik yemirilishi bilan yuzada joylashgan O. avval birga bogʻlanib turgan agregatlardan ajralib va suv oqimlari bilan chiqarilib toʻplanganda sochma O. konlarini hosil qiladi. Bu jarayon mo-baynida O. zarrachalari silliklanadi, elektrokimyoviy korroziya natijasida ularning yuzasidagi Ag yemirilishi bilan O.ning probasi oshadigan qatlam hosil boʻladi. O. oltin rudali konlarni hosil qiluvchi asosiy mineraldir.[1]
Manbalar
edit
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |