Buyurtma qoʻriqxona
Buyurtma qo‘riqxona (zakaznik)— hudud yoki akvatoriyaning bir qismi. Unda qo‘riqxonadatilek barcha tabiat majmuasi emas, balki uning ayrim elementlari — o‘simlik, tuproq, hayvonot dunyosi, foydali qazilmalari va b. qismlari qonun b-n qo‘riqlanadi va o‘simlik, hayvonlari ko‘paytiriladi. B.q.larda nodir, foydali o‘simlik va hayvonotlar ko‘paytirilib, boshqa joylarga tarqatilishi ham mumkin. B.q.lar muddatiga ko‘ra uzoq vaqtga yoki qisqa vaqtga mo‘ljallangan, muddatsiz bo‘ladi. Eng ko‘p tarqalgan B.q.lar: ovchilik, baliq xo‘jaligi, landshaft, o‘rmon, dasht va botqoq B.q.lari, geologik va gidrologik B.q.lari va b. Tabiiy B.q.lar, shuningdek tarixiy-memorial ahamiyatga ega bo‘lgan hududlarni saqlash uchun ta’sis etilgan B.q.lar ham mavjud. Dengiz va okeanlarning muayyan qismlari ham B.q.ga aylantirilishi mumkin. Qo‘riqpanayotgan ob’ektdan kelib chiqqan holda ov qilish, baliq ovlash, yog‘och kesish, mol boqish, pichan o‘rish va b. taqiqlanadi. B.q.da, odatda, xo‘jalik faoliyati man qilinadi. O‘zRda o‘nga yaqin B. q. (Abdusamat, Oqbuloq va b.) bor.
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |