Esvatini: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k imlo xatoni toʻgʻriladim |
Bekipediya (munozara | hissa) k geol. → geologiya |
||
( Bitta oraliq tahrir bir xil foydalanuvchi tomonidan koʻrsatilmagan) | |||
Qator 18:
Esvatini — iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 10 %, sanoat ulushi 42 %, xizmat koʻrsatish sohasi ulushi 48 %. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik ustun. Makkajoʻxori, shakarqamish, sitrus mevalar, sholi, oq joʻxori, dukkaklilar, yer yongʻoq, ananas, paxta, tamaki yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, echki, qoʻy, choʻchqa boqiladi. Oʻrmon xoʻjaligi rivojlangan, yogʻoch tayyorlanadi. Asbest, toshkoʻmir va barit qazib olinadi. Esvatini sanoati qishloq va oʻrmon xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlaydi. Qandshakar, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, sellyuloza, meva konservalash, unyorma korxonalari bor. Suyak uni ishlab chiqarish fabrikasi, elektr asboblari, mineral oʻgʻit ishlab chiqarish, televizor yigʻuv zavodlari, bosmaxona barpo etilgan. Hunarmandchilikda sayyohlar uchun esdalik sovgʻalar tayyorlash rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 415 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Transport yoʻli uzunligi 301 km, avtomobil yoʻllari uzunligi 3,8 ming km. Chetga qandshakar, mineral oʻgʻit, yogʻochtaxta, paxta, sitrus mevalar, ananas, sholi, asbest chiqaradi. Chetdan mashina, uskuna va transport vositalari, neft mahsulotlari oladi. [[Amerika Qoʻshma Shtatlari|AQSH]], [[Birlashgan Qirollik|Buyuk Britaniya]], [[Janubiy Afrika Respublikasi|JAR]] bilan savdo qiladi. Pul birligi — lilangeni.
Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 7-yil (6 yoshdan), oʻrta maktabda 5-yil (3-yil quyi oʻrta va 2-yil yuqori oʻrta maktabda oʻqitiladi). Boshlangʻich maktabning kichik sinflarida darslar svazi tilida, yuqori sinflari va oʻrta maktabda ingliz tilida olib boriladi. Oʻrta maktabni bitirganlar universitetga kirish huquqiga ega boʻladilar. Boshlangʻich va toʻliqsiz oʻrta maktab negizida hunartexnika taʼlimi tashkil etilgan (1—3-yil). Manzinidagi 2 ta
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Esvatini da nashr etiladigan asosiy gazetalar: „News from Eswatini“ („Esvatini yangiliklari“, haftanoma), „Svazi news“ („Svazi xalqi yangiliklari“, haftanoma, 1983-yildan), „Eswatini Observer“ („Esvatini kuzatuvchisi“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1981-yildan)<ref>[http://new.observer.org.sz/ Eswatini Observer] (Inglizcha)</ref>, „Times Of Swaziland“ (1968-yildan beri)<ref>[http://www.times.co.sz/ Times Of Swaziland] (Inglizcha)</ref> „Esvatini vaqti“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, (1897-yildan), „Tikxatsi Temasvati“ (svazi tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1983-yildan). Milliy axborot agentligi yoʻq. Esvatini radioeshittirish va axborot xizmati 1966-yilda tuzilgan; hukumat tomonidan nazorat qilinadi. Esvatini televizion korporatsiyam, 1978-yil asos solingan.
|